Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KUCHLI SHAMOL NATIJASIDA YUZAGA KELGAN NOSOZLIKLAR BARTARAF ETILMOQDA
2023-04-15 13:47:39 134
Viloyatimizda kuzatilayotgan kuchli shamol natijasida elektr uzatish tarmoqlarida favqulodda avariyali uzilishlar yuzaga keldi.
Jumladan, nosozliklar Qo‘qon shahri, Uchko‘prik, Buvayda, O‘zbekiston hamda Furqat tumanlarining ayrim hududlarida kuzatilmoqda.
Ayni vaqtda "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ rahbariyati tomonidan barcha shahar, tuman elektr ta'minoti korxonalarida tezkor chiqish brigadalari tashkil etilgan bo‘lib, har bir yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari to‘liq nazoratga olingan.
Hududlarda yuzaga kelayotgan nosozliklarni qisqa muddatda xavfsiz bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
"Farg‘ona HETK" AJ matbuot xizmati