Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati”
2023-04-05 13:42:50 133
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tumandagi 5- umumiy o’rta ta’lim maktabida “Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Sho’rqishloq mahalla fuqarolar yig’inlari faollari, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi loyihasida inson qadri, uning manfaatlari va umuman xalq uchun keng ko‘lamdagi o‘zgarishlar o‘z aksini topayotgani, Yangilanayotgan Konstitutsiya – Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, jamoat tashkilotlari, ziyolilar faol ishtirok etganligi bilan ham o‘z qadr-qimmatiga egaligi to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.