Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Davlat tiliga hurmat-insoniy burchimizdir!
2022-11-17 10:40:34 158
O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 10 aprel kungi “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘RQ-615-son Qonuni bilan 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga ko’ra:
10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarining ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin.
19-modda. Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlarining matnlari davlat tilida bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar va muassasalar, qo‘shma korxonalarning, shuningdek milliy madaniyat jamiyatlari va markazlarining muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlari matnlarining tarjimasi davlat tilida takrorlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni (kuchga kirish sanasi 10.11.2022) 28-moddasiga ko’ra, davlat fuqarolik xizmatiga davlat tilini biladigan, davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tegishli malaka talablariga va boshqa talablarga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga 1-ilova “Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalar”ga ko’ra, xodimning talabiga ko‘ra mehnat shartnomasi (kontrakt) u biladigan tilda tuziladi va davlat tilida tuzilgan shartnoma (kontrakt) bilan bir xil kuchga ega bo‘ladi.
Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami: 402, 29.01.1998-y.) 2.1 bandiga ko’ra, mehnat daftarchalari O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa qoraqalpoq yoki O‘zbekiston Respublikasi davlat tillarida ish beruvchi tomonidan xodimning ishtirokida to‘ldiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 42-moddasiga ko'ra, fuqarolarning tarbiya va ta’lim berishda tilni erkin tanlashdan iborat huquqlarini buzish, tildan foydalanishda to‘sqinlik qilish va cheklash, davlat tilini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida yashovchi boshqa millatlar va elatlarning tillarini mensimaslik bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Lazizjon Asqarov
Rishton tuman adliya bo’limi Inson huquqlarini himoya qilish va
huquqni qo’llash amaliyoti bo’linmasi yetakchi maslahatchisi