Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ro‘yxatga oluvchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash qanday amalga oshiriladi?

×

 2022-06-02 19:59:56    126

PDF yuklash
Chop etish


Oְ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini  ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni oi‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 710-son qarorining 1-ilobasiga binoan  aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan shaxslarning asosiy ish va o‘qish joylaridagi lavozimi va o‘rtacha oylik maoshlari  vastipendiyalari  saqlab qolinadi. “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish tegishli tashkilotlar va muassasalarning vakolat bergan xodimi tomonidan amalga oshiriladi.

Aholining ayrim toifalarini ro‘yxatga oluvchi xodimlar o‘rtacha oylik maoshlari saqlanib qolingan holda ishga jalb qilinadi. Ro‘yxatga olish ishlarida ishtirok etgan xodimlar faqat o‘z ish joylaridan qo‘shimcha rag‘batlantirilishi mumkin.

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda natijalarni qayta ishlashga jalb etiladigan shaxslar mehnatiga haq to‘lash ushbu Nizomga 1-ilovaga, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan shaxslar mehnatiga haq to‘lash 2-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.

Agar shartnomada ko‘rsatilgan ish muddati tugamasdan avval shartnoma bekor qilinadigan bo‘lsa, ish haqini hisoblash haqiqiy ishlangan muddatga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etgan shaxslar samarali mehnat faoliyatidan kelib chiqib Qo‘mita raisi hamda hududiy komissiyalarning qaroriga asosan mukofot yoki qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi mumkin. Aholini ro‘yxatga olishga jalb qilinadigan shaxslar mehnatiga haq to‘lash budjet mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Aholini ro‘yxatga olishga jalb etilgan shaxslar bilan mehnat munosabatlari va fuqarolik-huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

O‘zbekiston tumani statistika bolimi