Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HUQUQIY TАRG’IBOT KUNI DАVOM ETMOQDА
2022-03-13 01:26:08 127
O’zbekiston tuman adliya bo’limi hamda tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi tomonidan tumandagi davlat organlari va tashkilotlari, ta’lim muassasalarida huquqiy targ’ibot kuni tadbirlari olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning 11.03.2022 yil kuni tumandagi 67-umumiy o’rta ta’lim maktabida tashkil etilgan targ’ibot tadbirida adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ijobiy natijalar hamda yangi qabul qilingan hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbirda yuridik xizmat ko’rsatish markazlari faoliyati, vazifalar yuzasidan ishtirokchilarga ma’lumotlar taqdim etilib, markazning bugungi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Ishtirokchilari tomonidan mehnat oid munosabatlarga doir, jamoa shartnomasi va vakillik organi faoliyati yuzasidan bergan savollariga atroflicha, asoslantirilgan tarzda javob berildi.