Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Yurtimizda pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalardan xabardormisiz?

×

 2022-02-18 09:37:24    170

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Qonunning 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilib quyidagi tartiblar o‘rnatildi:

1) 15-modda matnining yangi tahriri asosida quyidagi tartib belgilandi:

“Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga, shuningdek, Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga tayinlanadi”;

2) 19-modda uchinchi qismi “a” bandining yangi tahriri asosida quyidagi tartib belgilandi:

a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki 18 yoshdan katta bo‘lsa, agar ular 18 yoshga to‘lguniga qadar nogironligi bor bola bo‘lib qolgan bo‘lsa. Bunda basharti, agar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnat qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa;

to‘rtinchi qismning yangi tahriri asosida quyidagi tartib belgilandi:

“Ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilari va talabalari o‘qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to‘lgunga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega”;

3) 37-modda birinchi qismi “d” bandiga kirinilgan o‘zgartirish asosida I guruh nogironiga yoki 18 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaga, shuningdek o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan (davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra) 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt pensiya hisoblashda ish staji sifatida inobatga olinishi belgilandi.

4) 37-modda birinchi qismi “j” bandiga o‘zgartirish asosida bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 6 yillik davr pensiya hisoblashda ish staji sifatida inobatga olinishi belgilandi.

5) 47-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilib, O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi munosabati bilan cheklovchi choralar (karantin) joriy etilganda, agar fuqarolar cheklovchi choralar (karantin) davrida yoki ular tugatilganlan keyin pensiya tayinlashni so‘rab bir oy ichida murojaat qilgan bo‘lsa, ular pensiya uni olish huquqi yuzaga kelgan kunda e’tiboran tayinlanishi belgilandi.

A.Ergashev

Pensiya jamg`armasi O’zbekiston tuman bo`limi boshlig`i v.b