Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Ayrim aholi toifalariga har oy kompensatsiya puli to‘lanadi – Prezident farmoni
2022-01-31 22:06:52 129
O‘zbekiston Prezidentining "Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.
Davlatimiz rahbarining 2022 yil 28-yanvardagi PF-58-sonli ushbu Farmoni mazmun va mohiyati nimalardan iborat?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27-martdagi “2003-yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga kompensasiya pul to‘lovlarini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–3227-son Farmoniga muvofiq imtiyozli toifadagi shaxslar uchunuy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha qonunchilik asosida beriladigan imtiyozlar o‘rniga oylik kompensasiya pul to‘lovlari joriy etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yanvardagi PF-58-son Farmoniga asosan 2022-yil 1 martdan boshlab:
a) kompensatsiya to‘lovi, uni olish huquqiga ega bo‘lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga,ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat’iy nazar to‘lab boriladi;
b) ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslarga kompensatsiya to‘lovi joriy etiladi. Bunda, ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslar uchun har oylik kompensatsiya to‘lovi – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida to‘lanadi;
v) yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Bunda, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar nafaqasiga har oyda to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lov pensiya va nafaqa tayinlangan tashkilot orqali respublika budjeti va budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
A.Ergashev
Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi O'zbekiston tumani bo‘limi boshlig‘i o'rinbosari