Shrift o'lchami Rang Rasm

Yer munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha axborotlar taqdim etish va yerga egalik qilish huquqini berish yuzasidan hujjatlar qabul qilish

Tanlangan xizmatga qo'shish

Xizmat haqida:

Yer munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha axborotlar taqdim etish va yerga egalik qilish huquqini berish yuzasidan hujjatlar qabul qilish

Xizmatning sohaga tegishliligi:

Ko'chmas mulk

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi:

Jismoniy shaxslar

Tashkilot:

Farg'ona viloyati hokimligi

Bog`lanish:

Farg`ona viloyati hokimligi (0-373) 244-07-40

Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish)

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi — bu qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashgan joyga, huquqiy rejimga va davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflarga ega bo‘lgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun mo‘ljallangan yer fondining bir qismi. 2008 yil 1 yanvargacha yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi tarkibiga kirmaydigan erlardan belgilangan tartibda faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga bir oilaga 0,06 gektargacha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun beriladi. 2008 yil 1 yanvardan boshlab yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari kimoshdi savdolari asosida fuqarolarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi. «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi ishtirokida qurilgan uy-joy joylashgan yer uchastkasi tuman hokimining qaroriga binoan, yakka tartibda uy-joy quruvchiga (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga) har bir imorat soluvchiga 0,06 gektardan kimoshdi savdosi o‘tkazmasdan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan ajratiladi.

Yer uchastkalari berishda (realizatsiya qilishda) fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish tartibi

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olish uchun ariza tuman (shahar) hokimligiga beriladi. Arizaga ariza beruvchining doimiy yashash joyi bo‘yicha turar joylarning kadastr ishi nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda) va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining oilaning tarkibi to‘g’risidagi ma’lumotnomasi ilova qilinadi. «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun ajratilgan yer massivida uy-joy qurishga buyurtma rasmiylashtirgan yakka tartibda uy-joy quruvchi kompaniyaning hududiy filiallariga aniq yer uchastkasini va tanlab olingan namunaviy loyihani ko‘rsatgan holda yozma ariza bilan murojaat qiladi. Ariza tuman (shahar) hokimi boshchilik qiladigan, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha doimiy ishlaydigan komissiya (keyingi o‘rinlarda «komissiya» deb yuritiladi) tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiya tarkibiga «Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi, tabiatni muhofaza qilish, arxitektura va qurilish organlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati, fuqarolar yig’inlari vakillari va boshqa shaxslar kiritiladi. Komissiya ariza olingan kundan boshlab 10 kun muddatda yer uchastkasi berishning maqsadga muvofiqligi yoki yer uchastkasi berish asosli ravishda rad etilishi to‘g’risida xulosa chiqaradi. Fuqarolarga belgilangan tartibda kimoshdi savdosida yer uchastkasini sotishda komissiyaning qarori talab qilinmaydi.

Yer uchastkalari birinchi navbatda:

•    Yer davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan uylari buzilayotgan fuqarolarga;
•    Ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilariga;
•    Baynalmilal jangchilarga;
•    Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va ularga tenglashtirilgan shaxslarning oilalariga;
•    Mehnat faxriylariga;
•    O‘zlari egallab turgan davlat turar joy fondining turar joylarini shahar va tuman hokimliklariga berayotgan fuqarolarga beriladi.
Tuman (shahar) hokimi komissiyaning ijobiy xulosasi asosida 10 kun muddatda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish to‘g’risida qaror qabul qiladi. Yer uchastkasini kimoshdi asosida sotishda hokimning qarori kimoshdi natijalari asosida 10 kun muddatda qabul qilinadi.
Tuman (shahar) hokimining qarori asosida tuman (shahar) arxitektura va qurilish organlari tomonidan «Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasining hududiy organlari bilan birgalikda uch kun muddatda yer uchastkasi ajratish va uning chegaralarini naturada chiqarish amalga oshiriladi hamda quyidagi hujjatlar beriladi:
•    tuman (shahar) hokimining qaroridan ko‘chirma;
•    uchastka chegaralari chizilgan massivning bosh rejasidan nusxa.
Yer uchastkalari berish to‘g’risida iltimos qilgan barcha fuqarolarga yer uchastkalari ajratish imkoniyati bo‘lmagan hollarda tuman (shahar) hokimligi yer uchastkalari olishga ehtiyojmandlarning hisobini yuritadi. Navbatda turish tartibida yer uchastkalari olishga ehtiyojmand bo‘lgan fuqarolar ro‘yxati tuman (shahar) hokimi tomonidan bir yilda kamida bir marta tasdiqlanadi.


Yuklab olish uchun manba:



Xizmat narxi va to`lash tartibi:

Ko'rib chiqilmoqda

Xizmatni ko`rsatish muddati:

Ko'rib chiqilmoqda

Natijani olish usullari:

Shaxsan tashrif buyurish orqali. Bir vaqtning o'zida taqdim etiladigan hujjatlarning nusxalari foydalanuvchining Yagona portaldagi kabinetiga va uning elektron pochtasiga yuboriladi.

Xizmat natijasi:

Iltimos qiluvchilar yer uchastkasi berishning taxminiy muddati ko‘rsatilgan holda tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilganlik to‘g’risida xabardor qilinadi

Rad etish sabablari:

  • Xizmatning reglamenti bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etmaslik;
  • Haqiqiy bo'lmagan hujjatlarni taqdim etish;
  • Arizada haqoratomuz, tahqirlovchi so'z va iboralarni ishlatish, reklama matnlarining mavjudligi;
  • Qonunga zid bo'lgan istalgan boshqa hatti-harakatlar.

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun mo‘ljallangan bo‘sh yer uchastkalari mavjud emasligi yer uchastkasi berish rad etilishi uchun asos hisoblanadi. Yer uchastkasi berish rad etilgan taqdirda hokimlik uch kun muddatda bu haqda ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi.

Shikoyat arizasi berish tartibi:

Yer uchastkasi berish rad etilishi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.