​Yuridik shaxs tashkil etgan holda tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatga olish uchun onlayn tarzda ariza yuborish (MChJ)
Xizmat haqida:
Yuridik shaxs tashkil etgan holda tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatga olish uchun onlayn tarzda ariza yuborish (MChJ). Arizani elektron raqamli imzo bilan va imzosiz yuborish mumkin.
Xizmatning sohaga tegishliligi:
Tadbirkorlik faoliyati.
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi:
Jismoniy shaxslar.
Tashkilot:
Farg'ona viloyat hokimligi.
Bog`lanish:
Farg'ona viloyati hokimligi (0-373) 244-07-40
Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar:
- Bank to'lov hujjatini skaner nusxasi (davlat bojini to'laganlik kvitantsiyasi);
- O'xshash yoki qisman o'xshash nomlanish yo'qligi haqidagi ma'lumotnomani skaner nusxasi;
- Muxr va shtamplarning xomaki nusxalarini skaner nusxasi.
Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi:
-
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro`yxatdan o`tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to`g`risida" 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qarori;
-
O`zbekiston Respublikasining "Mas`uliyati cheklangan hamda qo`shimcha mas`uliyatli jamiyatlar to`g`risida" Qonuni 2001 yil 6 dekabr
Xizmat narxi va to`lash tartibi:
1 minimal ish haqi miqdorida.
Xizmatni ko`rsatish muddati:
2 ish kunidan ortiq bo'lmagan muddatda.
Natijani olish usullari:
Shaxsan tashrif buyurish orqali. Bir vaqtning o'zida taqdim etiladigan hujjatlarning nusxalari foydalanuvchining Yagona portaldagi kabinetiga va uning elektron pochtasiga yuboriladi.
Xizmat natijasi:
Yuridik shaxsni davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvoxnomani, "ro'yxatga olindi" degan yozuv aks ettirilgan ta'sis hujjatlarini, ro'yxatga oluvchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan muxr va shtamplarning xomaki nusxalarini olish.
Rad etish sabablari:
- Xizmatning reglamenti bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etmaslik;
- Haqiqiy bo'lmagan hujjatlarni taqdim etish;
- Arizada haqoratomuz, tahqirlovchi so'z va iboralarni ishlatish, reklama matnlarining mavjudligi;
- Qonunga zid bo'lgan istalgan boshqa hatti-harakatlar.
Shikoyat arizasi berish tartibi:
Rad etish hollarida arizachi yuqori turuvchi tashkilotga qonunda ko'rsatilgan tartibda murojaat etishi mumkin.