Shrift o'lchami Rang Rasm

Murojaatlarni ko'rib chiqish

Tanlangan xizmatga qo'shish

Xizmat haqida:

O'zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega.

Xizmatning sohaga tegishliligi:

Boshqalar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi:

Jismoniy va yuridik shaxslar.

Tashkilot:

Farg'ona viloyati hokimligi

Bog`lanish:

Barcha davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar:

Murojaatlarda fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan ariza, taklif yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan bo'lishi kerak. Yozma murojaatlarda murojaat etuvchining imzosi bo'lishi lozim.

Murojaatga shaxsiy imzo qo'yish imkoni bo'lmagan taqdirda, bu murojaatlar uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ham yozib qo'yiladi.


Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi:

Xizmat narxi va to`lash tartibi:

Bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati:

Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e'tiboran bir oygacha bo'lgan muddat ichida ko'rib chiqiladi, qo'shimcha o'rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o'n kunlik muddat ichida ma'lum qilinadi.

Natijani olish usullari:

Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlari ularda qo'yilgan masalalarni hal etish vakolat doirasiga kiradigan davlat organiga bevosita yoki bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.

Fuqaro ariza, taklif va shikoyatni shaxsan berishga, shuningdek bu boradagi vakolatni o'z vakiliga berishga yoki murojaatini aloqa vositalari orqali yuborishga haqli.

Voyaga yetmaganlar hamda muomalaga layoqatsiz shaxslar manfaatlarini ko'zlab ariza, taklif va shikoyat ularning vakillari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin.

Xizmat natijasi:

Fuqaroning murojaatini ko'rib chiqqan davlat organi unga murojaatni ko'rib chiqish natijalari to'g'risida va qabul qilingan qarorning mohiyati haqida yozma shaklda xabar qilishi shart.

Rad etish sabablari:

Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilmagan yoki u haqda soxta ma'lumotlar ko'rsatilgan murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko'rib chiqilmaydi.

Shikoyat arizasi berish tartibi:

Ariza yoki shikoyat yuzasidan qaror qabul qilgan davlat organining mansabdor shaxsi, agar fuqaro qarorga rozi bo'lmasa, unga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.